Kafedra mudiri
1964 yilda tug‘ilgan millati o‘zbek 1992 yilda 2- ToshDavTI ning davolash fakultetini bitirgan. 1992-1999 yillarda 2-ToshDavTI bazasida internatura, ordinatura va aspirantura o‘tagan. 2000-yilda «Ингаляционное введение аспирина в комплексной терапии у больных с длительной ИВЛ» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-2003 yillarda kafedra assistenti, 2003-yildan kafedra dotsenti. 2011 yildan hozirgi kungacha anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri. 2022-yilda «Эндотоксемия и гомеостаз в процессе интенсивной терапии и реанимации” ilmiy mavzusi asosida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mehnat staji 31 yil, pedagogik staji 23 yil. Ibragimov Nematjon Komiljonovich — TTA Ilmiy kengashi va TTA huzuridagi muammolar hay’ati a’zosi.
2020- yil mamlakat sog’liqni saqlash tizimiga qo’shgan xissasi uchun «Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni va «Sodiq hizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
Ibragimov jami 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 10 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari, bitta monografiya, ilmiy jurnal va to‘plamlarda ko‘plab maqolalar nashr qilgan, N.K. Ibragimov ilmiy rahbarligida 12 ta magistrlik dissertatsiyalari yoqlangan. Hozirda uning rahbarligi ostida 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. 2023-yildan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining bosh anesteziolog-reanimatologi hisoblanadi.