Kafedra jamoasi

Ibragimov Nematjon Komiljonovich

Kafedra mudiri

1964  yilda tug‘ilgan millati o‘zbek 1992 yilda 2- ToshDavTI ning davolash fakultetini bitirgan. 1992-1999 yillarda 2-ToshDavTI bazasida internatura, ordinatura va aspirantura o‘tagan. 2000-yilda “Ингаляционное введение аспирина в комплексной терапии у больных с длительной ИВЛ” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-2003 yillarda kafedra assistenti, 2003-yildan kafedra dotsenti. 2011 yildan hozirgi kungacha anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri. Mehnat staji 31 yil, pedagogik staji 20 yil. Tibbiyot fanlari nomzodi,  dotsent. Ibragimov Nematjon Komiljonovich — TTA Ilmiy kengashi va TTA huzuridagi muammolar hay’ati a’zosi.

Ibragimov jami 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 10 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari, ilmiy jurnal va to‘plamlarda qo‘plab maqolalar nashr qilgan, N.K. Ibragimov ilmiy rahbarligida 12 ta magistrlik dissertatsiyalari yoqlangan. U oliy toifali anesteziolog reanimatolog. Kafedraning “Endotoksemiya i gomeostaz v protsesse intensivnoy terapii i reanimatsii”  ilmiy mavzusi asosida doktorlik dissertatsiyasi ximoya arafasida.

 

Yusupova Nixola Shavkatovna

Katta o‘qituvchi

1969  yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1996 yilda 1 – ToshDavTI ning davolash fakultetini bitirgan. 1996-1997 yillarda 2 – ToshDavTI anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida  internatura, 1999-2001 yillarda 2 – ToshDavTI anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida klinik ordinatura, 2001 yildan 2005 yilgacha 2 – ToshDavTIning shu nomli kafedrasida assistent lavozimida va 2005­–2007  yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida assistent, 2007 yildan shu kungacha Toshkent Tibbiyot Akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida katta uqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Bektemirova Norbuvi Tuxtaevna

Katta o‘qituvchi 1970  yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1997 yilda 1 – ToshDavTI ning davolash fakultetini bitirgan. 1997-1998 yillarda 2 – ToshDavTI anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida  internatura, 1998-2001yillarda 2-ToshDavTI 2-klinik shifoxonasi  tugrukxona jonlantirish bulimida anesteziolog reanimatolog  bulib ishlagan.

2001-2003 yillarda 2 – ToshDavTI anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida klinik ordinatura, 2003 yildan 2005 yilgacha 2 – ToshDavTIning shu nomli kafedrasida assistent lavozimida va 2005­–2014  yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida assistent, 2014 yildan shu kungacha Toshkent Tibbiyot Akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida katta uqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Yusupova Baxtigul Djumabaevna

Katta o‘qituvchi

1968  yilda tug‘ilgan, millati qoraqolpoq. 1992 yilda 1 – ToshDavTI ning davolash fakultetini bitirgan. 1992-1994 yillar 1 – ToshDavTI anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida klinik ordinatura, 1994 yildan 2005 yilgacha 1 – ToshDavTIning shu nomli kafedrasida assistent lavozimida va 2005 yildan shu kungacha Toshkent Tibbiyot Akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Nishonov Murodjon Rasuljonovich

1989 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati O‘zbek. Toshkent Tibbiyot Akademiyasini tibbiy-pedagogika fakulteti bitiruvchisi. 2014-2017 yillarda TTA Anesteziologiya va Reanimatologiya kafedrasida magistraturada o‘qigan. 2017 – 2022 – yillar shu kafedrada assistent lavozimida ishlagan. 2023 – yildan shu kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelayapti.

Murotov Temur Malik Nizomovich

1987 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati O‘zbek. 2012 yilda – Toshkent Tibbiyot Akademiyasini davolash fakulteti bitiruvchisi. 2014-2017 yillarda TTA Anesteziologiya va Reanimatologiya kafedrasida magistraturada o‘qigan. 2017 yildan 2023-yilgacha shu kafedrada assistent lavozimida ishlagan. 2022-yilda phD olgan va hozirda shu kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelayapti.

Ramazonova Zarina Faritovna

1991 – yilda Toshkent viloyati Angren shahrida tug‘ilgan. Millati tatar. 2018 yilda – Toshkent Tibbiyot Akademiyasini Tibbiy-pedagogika fakulteti bitiruvchisi. 2018-2021 yillarda TTA Anesteziologiya va Reanimatologiya kafedrasida magistraturada o‘qigan. 2021-yildan kafedrada assistent lavozimida ishlab kelayapti.

Muralimova Ra’nogul Simai qizi

1992 – yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2018 yilda – Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti bitiruvchisi. 2018-2021 yillarda TTA Anesteziologiya va Reanimatologiya kafedrasida magistraturada o‘qigan. 2021-yildan kafedrada assistent lavozimida ishlab kelayapti.

Maxamadov Dostonbek Rahmatullo o‘g‘li

1995 – yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Millati O‘zbek. 2020 yilda – Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti bitiruvchisi. 2020-2023 yillarda TTA Anesteziologiya va Reanimatologiya kafedrasida magistraturada o‘qigan. 2023-yildan kafedrada assistent lavozimida ishlab kelayapti.

Valiyev Sherzod Muzaffar o‘g‘li

1991 – yilda Surxandaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. Millati tojik. 2018 yilda – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bitiruvchisi. 2018-2021 yillarda TTA Anesteziologiya va Reanimatologiya kafedrasida magistraturada o‘qigan. 2023-yildan kafedrada assistent lavozimida ishlab kelayapti.