Toshkent tibbiyot akademiyasi sizlarni 2024-yil 27-Noyabr kuni, tibbiyot oliygohlari talabalari uchun bo’lib o’tadigan “Anesteziologiya va reanimatologiya” xalqaro fan olimpiadasiga taklif etadi.
Xalqaro onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun bakalavr yo’nalishining yuqori kurslari taklif etiladi.
Olimpiada ishtirokchilari diqqatiga:
Xalqaro olimpiadada ishtirok etish istagini bildirganlar
2024-yil 20-Noyabrgacha quyidagi telegram guruhiga ulaning: https://t.me/+aUL5sJZ9FGliNjcy
Til : Uzbek, rus va ingliz.
Olimpiada Toshkent vaqti bilan 10:00 da boshlanadi.
Olimpiada 3 bosqichda o’tkaziladi:
1-bosqich: Test Google test platformasida
2-bosqich: Vaziyatli masalalarni yechish
3-bosqich: “Blits savol-javoblar” Zoom platformasi orqali o’tkaziladi