Mavzu: «O‘z uyingni o‘zing asra!».
Kafedramiz xodimlari kafedramiz mudiri Ibragimov N.K. va Bektemirova N.T. larning tashabbusi bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi xodimlari 5-son talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar
Kafedramiz xodimlari 5-son TTJ faollari bilan xonalarni aylanib chiqishdi oshxona, karidor, yuvinish xonalari, dam olish xonalari, dars qiladigan xonalar toza, ozoda, issiq va sovuq suv, chiroq bor. Talabalar mamnun, xursand.
Kafedra dotsenti Bektemirova N.T. «O‘z uyingni o‘zing asra!» mavzusida doklad qildilar. Kafedramiz xodimlari tomonidan talabalarga tibbiyotga taalluqli kitoblar sovga qilindi. Tadbir juda qiziqarli va kutarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi






